Maxfiylik siyosati
Maxfiylik siyosati
Ushbu sahifada Renessans English School (keyingi o'rinlarda — "Markaz") saytdan foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini qanday to'plashi, saqlashi va ishlatishi tushuntiriladi.
Qanday ma'lumot to'planadi
- Ism va telefon raqami — sinov darsiga yozilish arizalari orqali;
- Daraja aniqlash testi natijalari;
- Vakansiyaga ariza topshirganda: rezyume, tug'ilgan sana va aloqa ma'lumotlari;
- Sayt statistikasi uchun anonim texnik ma'lumotlar (IP manzil xeshlangan holda saqlanadi).
Ma'lumotlardan foydalanish
Ma'lumotlar faqat siz bilan bog'lanish, xizmatlar sifatini oshirish va o'quv jarayonini tashkil etish uchun ishlatiladi. Ma'lumotlar uchinchi shaxslarga sotilmaydi.
Ma'lumotlarni o'chirish
Istalgan vaqtda info@renessans-school.uz manziliga xat yozib, o'z ma'lumotlaringizni bazadan butunlay o'chirishni so'rashingiz mumkin.